AGRO-DIAGNOSTIKA TIZIMI

KASALLIKNI ERTA ANIQLAB
HOSILNI ASRANG

KADRDON — issiqxona bo'ylab millimetr aniqlikda yuradigan aqlli gantry. Yuqori sifatli RGB tasvirlar va AI tahlili rang hamda tekstura o'zgarishlaridan kasallikni erta payqab, dalaga mos davolash protokollarini taqdim etadi.

Tizim Ishlashini Ko'rish
KADRDON DIAGNOSTIKA
HARORAT: 24°C
NAMLIK: 65%
SOIL pH: 6.2
O'SIMLIK SALOMATLIGI: 0.85
NAMLIK SENSORI: 72%
NPK: 8-5-6
BOSIM: 1013mb

ASOSIY MUAMMO: KECHIKKAN DIAGNOZ

Fitoftora, un shudring yoki bakterial dog' singari kasalliklar avval kichik dog'lardan boshlanadi. Oddiy vizual nazorat ularni qator bo'ylab tarqalgachgina sezadi va fermer 30-50% hosildan ayriladi. KADRDon shu jarayonni avtomatlashtirib, erta ogohlantirish beradi.

"Robot kuniga bir necha marta har bir qatorni ko'zdan kechiradi. Tarqalishigacha chora ko'rishga ulgurdik va kimyoviy sarf keskin kamaydi."

- Fermer Xislatov

KADRDONning Afzalligi

  • Doimiy qamrov: Har bir tup kuniga bir necha marta tasvirga olinadi.
  • AI tahlil: RGB ma'lumotidan stress profili va xavf darajasi hisoblanadi.
  • Millimetr aniqlik: Gantry ±1 mm bilan to'g'ri nuqtaga yetib boradi.

🔬 Texnik Xususiyatlar va Tahlil Algoritmi

RGB Kamera Moduli

Yuqori aniqlikdagi optika har bir bargni ko'plab burchaklardan tasvirga oladi. AI pipeline shu tasvirlardan rang, tekstura va yorug'lik profilini hosil qiladi.

  • High-res RGB: Stress va kasallik bilan bog'liq mikro-o'zgarishlarni aniqlaydi.
  • Modulli qo'shimchalar: Stereo yoki ToF bloklari tez o'rnatilib, chuqurlik xaritasini beradi.

AI (Convolutional Neural Network)

O'zbekistonda keng tarqalgan 50+ kasallik va zararkunandalarni taniy oladigan tarmoq.

Anomalik Deteksiya: Erta bosqichdagi rang/tekstura farqlarini topish.

Xavf Bahosi: Kasallikning tarqalish ehtimoli foizda hisoblanadi.

Davolash Protokoli: Joy, kasallik turi va muhitga qarab minimal miqdordagi dorini tavsiya qiladi.

Gantry Gibrid Harakat Tizimi

Yuqori aniqlik, tezlik va xavfsizlikni ta'minlovchi innovatsion yechim.

  • X-Z trosslari: 1 mm gacha aniqlikda tez pozitsiyalanish.
  • Y-rel'slar: Uzun qatorlar bo'ylab barqaror harakat.
  • Avtonom quvvat: Induktiv zaryadlash va xavfsiz kabel boshqaruvi.

💰 Iqtisodiy Samardorlik

KADRDON hosilni saqlash, dori sarfini kamaytirish va ishchi kuchini optimallashtirish orqali qisqa muddatda o'zini oqlaydi.

+30%

Hosil Saqlanishi (Disease Control)

-50%

Fungitsid Sarfi (Spot Treatment)

18 Oy

O'rtacha Investitsiya Qaytimi (ROI)

👥 Loyiha Asoschisi

Qishloq xo'jaligini AI va robotika bilan modernizatsiya qilayotgan muhandis.

Bunyodbek Abdurazzaqov

Bunyodbek Abdurazzaqov

Rol: Loyiha Asoschisi & Yetakchi Muhandis

Tajriba: Backend va IoT integratsiyasi, CRM va mini-ilovalar, AI botlar hamda real loyihalarda robotika tajribasi.

Yutuqlar:

  • 🏅 Shuhrat medali: IT sohasidagi yutuqlari uchun Prezident sovrini (16 yosh).
  • 🎓 Koreya Xalqaro Universiteti granti: $12 800 miqdoridagi to'liq grant (17 yosh).
  • 🏆 Techawards g'olibi: Andijon texnologiya tanlovida 1-o'rin (18 yosh).
  • 💰 One Million Uzbek Coders: dastur tanlovi sovrin-dori — $1 500.

Texnologik stack:
Python, FastAPI, Django | PyTorch, TensorFlow, YOLOv8 | ESP32, Arduino, MQTT | Railway, Render, Supabase

🚀 Nega Aynan Biz?

Kuchli tomonlar, tajriba va bozor ehtiyojiga mos yondashuv.

💪 Kuchli Tomonlarimiz

  • Texnika + AI integratsiyasi: CRM, mini-ilova, IoT va AI botlarni real loyihalarda yagona tizimga bog'lash tajribasi.
  • Agro bilim: O'zbek issiqxonalari, tuproq va fermer ehtiyojlarini chuqur bilish.
  • End-to-end yondashuv: Robotika, AI modeli va mobil/web platformalarini bir jamoa ichida yaratish.
  • Amaliy tajriba: Prototip, stress-test va beta-sinovlar bo'yicha amaliy ishlar.

🎯 Bizni Boshqa Jamoalardan Ajratuvchi Nuqtalar

  • Spot treatment: Faqat zararlangan nuqtaga minimal kimyoviy qo'llash, 50% gacha tejash.
  • Gantry gibrid harakati: Dron va stasionar tizimlardan farqli ravishda tross asosida ±1 mm aniqlik.
  • Bozorga tayyor kontseptsiya: Grant va tanlovlar bilan sinovdan o'tgan, real issiqxonalarda pilotga tayyor.

📊 Loyihaning Iqtisodiy Maqsadi

18 oy

O'rtacha investitsiya qaytimi (ROI)

10,000+

Potensial issiqxona va ferma qo'llanishi

$50K - $100K

Yillik tushum prognozi

🗺️ Yo'l Xaritasi & Bosqichlari

Loyihaning bosqichma-bosqich rivojlanishi: g'oya → prototip → MVP → ishga tushirish.

1

🔧 Prototip

Hozirgi bosqich: G'oya + prototip yig'ilmoqda

  • GT2 tross va stepper asosida harakat mexanizmi
  • Kamera uchun engil gimbal/mount
  • React/Flutter asosidagi monitoring ilovasi
  • ESP32 + MQTT kommunikatsiya prototipi

📌 Kutilayotgan Natija: Asosiy Gantry mexanik testida

2

🧠 AI Model Trainning

Keyingi bosqich: YOLOv8/v11 asosida AI modeli

  • O'simlik kasalliklari dataseti to'plash (PlantVillage + Custom dataset)
  • YOLOv8 / EfficientNet asosida tahlil modeli o'qitish
  • Suv tanqisligi va tasvir tahlilini modelga qo'shish
  • Modelni mobilga va serverga optimizatsiya qilish (ONNX, TensorRT)

📌 Kutilayotgan Natija: 95%+ Kasallik Klasifikatsiya Aniqligiga

3

🎯 MVP - Minimum Viable Product

Maqsad: Real dalada bitta issiqxona yoki ferma qo'llanish

  • Harakat + Kamera + AI to'liq bog'lanadi
  • Real dalada test (bitta issiqxona, 1000+ o'simlik)
  • Hisobot paneli va push/SMS ogohlantirishlar
  • Fermerlar uchun intuitiv mobil/web interfeys

📌 Kutilayotgan Natija: +25% Hosil, -30% Dori Sarfi

4

🌍 Ishga Tushirish va Masshtablash

Maqsad: Tuman yoki mintaqa bo'ylab pilot

  • Bitta tumanda pilot loyihasi (10-20 ta ferma)
  • Fermerlar bilan beta-testing va feedback olish
  • Investitsiya, grant va donorlar bilan kelishuv
  • B2B model (Ferma + Investitor + KADRDON)

📌 Kutilayotgan Natija: Regional Market Leader

🔬 Texnik Yondashuv va Teknologiyalar

Muammona qanday yondashmoqchi va qaysi texnologiyalardan foydalanamoqchimiz.

📋 Asosiy Qadamlar

  1. 1
    Tross Harakat Tizimi
    Gantry asosida XYZ koordinatasi bo'ylab ±1mm aniqlikda positioning
  2. 2
    RGB Kamera
    Har bir metro'da yuqori sifatli RGB tasvirlarni olish
  3. 3
    Edge AI Inference
    Suratlar serverga yoki lokal AIga yuboriladi (offline rejim mumkin)
  4. 4
    Diagnostika & Tafsiriy
    Kasallik turi, stress, o'sish tezligi, hosil prognozi
  5. 5
    Davolash Protokoli & Hisobot
    Aniq bo'lim, dori miqdori, vaqt va qo'llash usuli

⚙️ Foydalanadigan Vositalar

🔹 Backend

Django FastAPI PostgreSQL Redis

🔹 Frontend & Mobil

React / Next.js React Native Flutter TypeScript

🔹 AI/ML

PyTorch YOLOv8/v11 EfficientNet OpenCV

🔹 Hardware & IoT

ESP32 Arduino GT2 Tross MQTT

🔹 Infra & Deployment

Railway / Render DigitalOcean Docker Supabase

🤖 AI Texnologiyalaridan Qo'llanuvchi Joylari

Kasallik Klasifikatsiyasi

YOLOv8 / EfficientNet — 50+ kasallik turini taniy oladi (Fitoftora, Un shudring, Bakt. dog', H.V. bemarigi va boshqalar)

Stress va Suv Yetishmovchiligi

RGB rang va tekstura tahlili, zaruratda stereo/ToF chuqurlik ma'lumotlari bilan to'ldiriladi.

Segmentatsiya & 3D Analiz

DeepLab / Segment Anything (SAM) — barglar sonini, o'sish dinamikasini hisoblash. 3D analiz zarur bo'lsa, stereo yoki ToF (masalan Intel RealSense) orqali amalga oshirilishi mumkin; kerak bo'lganda qo'shimcha sensorlar bilan kengaytirish rejalashtiriladi.

Hosil Prognozi

Tarihi dataset + Real-time ma'lumotlar = Hosil hajmini 2-3 hafta oldindan tahmini

Anomalik Deteksiya

Isochimlik anomalyalarni, erta bosqichdagi patogen belgilarini aniqlash

Xavf Bahosi & Rekomendatsiyalar

Kasallikning tarqalish ehtimoli, shiddat darajasi va minimal davolash protokoli

🔭 Kelajakda Qo'shilishi Mumkin Sensorlar

Hozirgi MVP RGB + AI yondashuvi ustida ishlaydi. Loyihaning keyingi bosqichlarida quyidagi qo'shimcha sensorlar integratsiyasi ko'rib chiqilishi mumkin:

  • Termal Kamera (FLIR / Seek): Sirt harorati, suv stressi va issiqlik profilingi uchun.
  • NIR / Multispektral Modullar (MicaSense va boshq.): NDVI, Red-edge va xlorofill faolligi kabi spektral indekslar uchun.
  • ToF / Stereo Kameralar (Intel RealSense): 3D chuqurlik va o'simlik hajmini aniqlash uchun oddiy va arzon yechim.
  • LIDAR (RPLIDAR va boshq.): Yuqori aniqlikdagi 3D mapping, agar loyiha talab qilsa integratsiya qilinishi mumkin.